Rossiyaning Sergiyev Posad shahrida mashhur sportchi, pauerlifting bo‘yicha chempion, tadbirkor Vadim Pchyolkin o‘ldirib ketildi. 45 yoshli Pchyolkinni fitnes-klub ostonasida otib ketishdi. Bu haqda “MK.ru” xabar beradi.
Fojia Ptitsegradskiy ko‘chasida yuz berganligi ma’lum qilinmoqda. Guvohlarning ta’kidlashicha, 19-aprel kuni 15:45 da ko‘chadan avtomobilda o‘tayotgan ikki niqobli shaxs sportchiga qarata Makarov to‘pponchasidan o‘q uzgan.
O‘q uzilgan masofa (15 metr) va o‘qlar Pchyolkinning boshiga tekkanligi mashinada professional killerlar bo‘lganligidan dalolat beradi. Huquqni muhofaza qilish organlari bu shubhasiz buyurtma qotillik ekanligini ta’kidlamoqda.
Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, Pchyolkin jinoiy to‘daga a’zo bo‘lgan. Taxminlardan biriga ko‘ra, mahalliy jinoiy to‘dalarning savdo markazi uchun kurashi qotillikning sababi bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)