Myanmada parom halokati oqibatida 8 kishi qurbon bo‘ldi, 60 kishi bedarak yo‘qoldi
Myanmaning g‘arbiy sohillaridagi Rakxayn shtatida qochoqlarni olib ketayotgan paromning ag‘darilib ketishi oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi. Bundan tashqari, 60 kishining bedarak yo‘qolganligi qayd etilmoqda. Bu haqda, mahalliy hukumatning ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Daryo bo‘ylab qochoqlarning mahalliy lageridan Situe provinsiyasi ma’muriy markazidagi oziq-ovqat bozoriga yo‘l olgan qayiqda 100 kishi bo‘lgan.
Hodisa joyida qutqaruv ishlari tashkil etilgan.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar