O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori Hamid Toshpo‘latov “Sug‘diyona” gazetasiga bergan intervyusida ba’zi yosh aktyor-aktrisalarni tanqid ostiga oldi.
“Bugungi yosh aktyor-aktrisalarning ayrimlaridan xafa bo‘lib ketaman. Institutni tamomladi, diplom oldimi, tamom, o‘zini aktyor hisoblaydi. Yoki teatrga ishga olishdimi, havolanib ketadi. Sahnaga mehr qo‘yish degan tushunchalarni bilishmaydi”, — dedi taniqli aktyor.
“Yayra Abdullayeva, Rixsi Ibrohimova kabi ustozlarimiz haligacha rolga tayyorgarlik ko‘radi. Spektakl soat 11:00 da bo‘lsa, ular soat 9:00 da kelib, obrazga kirishishadi. Buni ko‘p bor kuzatganman. Yoshlarimiz shunday qilishadimi? Yo‘q!”, — deya qo‘shimcha qildi Hamid Toshpo‘latov.
Izoh (0)