IHS tahliliy kompaniyasi eksperti Suriyada Rossiya guruhining qisqartirilishini ramziy deb atadi. Bu haqda “RBK” xabar beradi.
“Suriyada rossiyalik harbiylar 2015-yil oxiridagi darajada qolmoqda”, — dedi Jane’s Defence Weekly nashri muharriri Nik de Larrinaga Reuters agentligiga.
IHS Jane’s tahlilchilarining sputnik orqali olingan suratlarga asoslanib baho berishicha, hozirda Rossiya Suriyada 30 dan ortiq vertolyot, jumladan, Xoms shahridan janubi-sharqdagi Shayrat aviabazasiga joylashtirilgan sakkizta zarba beruvchi Mi-28N va Ka-52 vertolyotidan foydalanmoqda.
Mudofaa tadqiqotlari institutining ilmiy xodimi Jastin Bronkning ma’lum qilishicha, fevral oyi boshida Xmeymim aviabazasida sputnik orqali 29 ta samolyot va yettita vertolyotni ko‘rish mumkin bo‘lsa, u yerda hozir 22 ta samolyot va 14 ta vertolyotni kuzatish mumkin. Uning fikricha, samolyotlarning vertolyotlarga almashtirilishi Suriya armiyasi ehtiyojlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Izoh (0)