Germaniyaning “Bavariya” jamoasi himoyachisi Mehdi Benatia Portugaliyaning “Benfika” klubiga qarshi YeChL chorak final javob o‘yinida maydonga tusha olmaydi. Marokashlik futbolchi mushaklaridagi muammolardan forig‘ bo‘lishiga qaramay, Portugaliyaga yo‘l olmadi. Bu haqda myunxenliklar rasmiy saytiga tayanib, “Bigmir.net” xabar bermoqda.
Germaniyaning Bild nashri esa Benatianing Myunxenda qolib ketganligi sababini aniqladi. Ma’lum bo‘lishicha, marokashlik futbolchi aeroportga kelgach, pasportini uyida qoldirib ketganini tushunib yetdi. “Bavariya” murabbiylar shtabi futbolchini kutmaslikka va keyingi reys bilan uni Portugaliyaga jo‘natmaslikka qaror qildi.
Joriy mavsumda 28 yoshli himoyachi “Bavariya”ning 15 o‘yinida maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” Myunxenda bo‘lib o‘tgan YeChL chorak final dastlabki o‘yinida “Benfika”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Mavzuga oid:
Izoh (0)