Afg‘onistonning sharqiy qismida yuz bergan terakt 12 nafar harbiy xizmatchini hayotdan olib ketdi. Yana 38 kishi jarohat oldi. Bu haqda Associated Press agentligi ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar beradi.
Xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan portlash Nangarxar viloyatining markazi — Jalolobodning chekka qismida yuz bergan.
Hodisaning boshqa tafsilotlari ma’lum qilinmagan.
Izoh (0)