6-aprel kuni bo‘lib o‘tgan referendumda gollandiyaliklarning 61,1 foizi Ukraina va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi uyushma haqidagi kelishuvga qarshi ovoz berdi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
Dastlabki hisob-kitoblarga qaraganda, uyushmani qo‘llab-quvvatlab fuqarolarning 38,1 foizi ovoz bergan.
Mamlakat poytaxti Amsterdamda ko‘pchilik bitim foydasiga ovoz bergan — 52 foizdan ko‘proq (46 foizi qarshi ovoz bergan).
Referendumda fuqarolarning 32,2 foizi qatnashganligi e’tiborga olinib, referendum haqiqiy deb tan olinadi.
Izoh (0)