Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Madrid shahridagi villasi va onasining uyini sotuvga qo‘ydi. Bu haqda “Sport.es” xabar bermoqda.
Madrid shahridagi nufuzli La Finka tumanida joylashgan portugaliyalik futbolchining villasi 5 million yevroga, onasining uyi esa 2,5 million yevroga baholanmoqda. 31 yoshli futbolchining o‘z uylarini sotuvga qo‘yishi uning boshqa klubga o‘tib ketishi mumkinligi bilan izohlangan.
Ayni paytda, portugaliyalik futbolchining xizmatlariga Fransiyaning “PSJ” klubi hamda Angliya Premyer-ligasining bir qator jamoalari qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Krishtianu Ronalduning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2018-yilning iyun oyiga qadar mo‘ljallangan.
Izoh (0)