O‘zbekistonlik futbol referisi Ravshan Ermatov boshqarib borgan qit’alararo pley-off uchrashuvida Kolumbiya olimpiya terma jamoasi AQShni mag‘lub etib, Rio—2016 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
AQSh va Kolumbiya terma jamoalarining Barrankilya shahrida bo‘lgan dastlabki o‘yinida 1:1 hisobi qayd etilgandi. AQShda 29-mart kuni (Toshkent vaqti bilan 30-mart kuni) bo‘lib o‘tgan javob o‘yinida kolumbiyaliklar 2:1 hisobida zafar quchdi.
Avvalroq, Ravshan Ermatov AQSh va Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasidagi Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi qit’alararo pley-offning javob o‘yinida ishlashi haqida xabar berilgan edi.
Ma’lumot uchun, Rio-2016 Olimpiadasining futbol turnirida 16 terma jamoa ishtirok etadi. Bular: Braziliya (mezbon); Argentina va Kolumbiya (KONMEBOL); Daniya, Germaniya, Portugaliya va Shvetsiya (UEFA); Fiji (Okeaniya); Gonduras va Meksika (KONKAKAF); Jazoir, Nigeriya, JAR (AFK), Iroq, Yaponiya va Janubiy Koreya (OFK).
Rio-2016 Olimpiadasi futbol musobaqasi saralashi Qit’alararo pley-off uchrashuvi 29-mart, seshanba
Izoh (0)