Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi (JAXA) yangi kosmik rentgen teleskop Hitomi (ASTRO-H) bilan aloqani yo‘qotdi. Bu haqda Nature jurnali xabar beradi.
Agentlik vakillarining so‘zlariga qaraganda, Hitomi’ning ahvoli hozircha noma’lumligicha qolmoqda. Shu bilan bir paytda, Kosmik operatsiyalar birlashgan markazi (Joint Space Operations Center) harbiylari rentgen teleskopini kuzatishga muvaffaq bo‘ldi va uning yaqinida singan bo‘laklarni eslatuvchi beshta obyektni payqadi.
Kuzatishlar teleskop ba’zi ekspertlar taxmin qilganidek portlab ketmaganligi, balki kosmik chiqindi bilan to‘qnashib ketgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
JAXA Hitomi teleskopi bilan aloqani 26-mart kuni yo‘qotgan edi.
Izoh (0)