Namangan shahridagi “Do‘stlik” tennis kortlarida o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi Namangan ITF Juniors tennis turniri o‘z yakuniga yetdi. Musobaqada birinchi raqam ostida tasniflangan latviyalik Rudolf Mednis turnir g‘olibligini qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Latviyalik 18 yoshli tennischi final uchrashuvida turnirning sakkizinchi raketkasi rossiyalik Yegor Noskinni 6:2, 6:3 hisobida mag‘lub etib, bosh mukofotga ega bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur turnirda ishtirok etgan o‘zbekistonlik tennischilarning besh nafari dastlabki davrada o‘z ishtirokini yakunlagan edi. Musobaqaning ikkinchi davrasiga yo‘l olgan o‘zbekistonlik Sharobiddin Abzalov esa ushbu bosqichda suriyalik Xazem Noaga 6:7, 7:6, 4:6 hisobida yengilgan edi.
Izoh (0)