Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Filippin milliy terma jamoalari o‘rtasidagi JCh—2018 va Osiyo Kubogi—2019 saralashi doirasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida Samvel Babayan uchrashuvdagi qizil kartochka Filippinga yordam bergani haqida aytib o‘tdi. Bu haqda “Championat.asia” nashri xabar berdi.

Foto: “Championat.asia”

Foto: “Championat.asia”

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston — Filippin uchrashuvi 1:0 hisobida mezbonlar g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Uchrashuvning 10-daqiqasida Filippin terma jamoasi a’zosi Xose Porteria maydondan chetlatildi.

“Raqib yaxshi tashkil etilgan jamoa va unda murabbiyning qo‘li ko‘rinib turibdi. Bugun besh-olti o‘yinga yetishi mumkin bo‘lgan xavfli vaziyat yarata oldik. Bir qator muxlislar Filippin termasini Malayziyaga tenglashtirishganda, xayron qolgandim”, — deydi Samvel Babayan.

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lgan filippinlik darvozabon Nil Eterij haqida fikr bildirar ekan, O‘zbekiton milliy terma jamoasi bosh murabbiyi uning mahoratiga yuqori baho berdi: “Raqib posboni Angliya quyi divizionida o‘ynaydi. U ‘Chelsi’ maktabini tugatgan. Agar bugungi bellashuvni Premyer-liga jamoalari tomosha qilganda, Eterijni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin edi”.

“Kecha ko‘pchilik 7:0 ga yutasizmi yoki chiroyli o‘yin ko‘rsatasizmi, deb so‘raganida, asosiy maqsad g‘alaba degandim va biz bunga erishdik. Filippinga past nazar bilan qarash kerak emas”, — deya qo‘shimcha qildi Samvel Babayan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh—2018 va Osiyo Kubogi—2019 saralashi doirasidagi o‘zining navbatdagi o‘yinini 29-mart, seshanba kuni Bahraynga qarshi o‘tkazadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda