“Barselona” hujumchisi Neymar jamoadoshlari Lionel Messi va Luis Suares bilan birgalikda kataloniyaliklar safida muvaffaqiyatli o‘yinlari hamda maydon tashqarisidagi o‘zaro yaxshi munosabatlari haqida fikr bildirdi, deb xabar beradi “Chempionat”.
“Biz doimo birgamiz, bizni kuchli do‘stlik bog‘lab turibdi. Mashg‘ulotlarni ham birgalikda bajaramiz, maydon va maydon tashqarisida o‘zaro yaxshi munosabatdamiz. Bu esa eng muhimi. O‘yinimiz muvaffaqiyatli chiqsa, bu o‘rnatilgan o‘zaro aloqalarning mahsulidir”, – deydi braziliyalik futbolchi.
Izoh (0)