Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Dunyo bo‘ylab yetti yoshdan kichik bo‘lgan 86,7 million nafar bola tug‘ilganidan buyon qurolli mojarolar sharoitida yashamoqda, bu esa ularning aqliy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu haqda ekspertlari tomonidan jangovar harakatlar hududidagi hayot keltirib chiqaradigan stress oqibatlari tahlil etilgan BMT Bolalar fondi (YuNISEF) ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

Foto: EPA

Foto: EPA

“Mojarolar hududida yashovchi bolalar ko‘pincha ruhiy iztiroblarga duch keladi, bu esa doimiy va holdan toydiruvchi stressga olib kelishi mumkin. Bunday holat bosh miya asab to‘qimalari o‘rtasidagi almashuvga to‘sqinlik qiladi, uning asoratlari esa butun umr davomida bilinib, intellektual, ijtimoiy va jismoniy rivojlanishga ta’sir ko‘rsatadi”, — deya ma’lum qilingan fond hisobotida. 

YuNISEF tomonidan mojarolar hududida istiqomat qilayotgan bolalarga ularning aqliy rivojlanishiga ko‘mak beradigan sharoitlar yaratishga harakat qilinmoqda. Shu maqsadda fond taqsimlayotgan shoshilinch yordam to‘plamlariga o‘yinlar va mashg‘ulotlar uchun materiallar ham qo‘shilgan. O‘tgan yili dunyoning turli burchaklaridagi 800 mingdan ziyod o‘g‘il-qizlarga shunday to‘plamlar taqdim etilgani bildirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
NATO razvedkasi Rossiya “Poseydon” yadroviy qurilmasini uchirishi ehtimoli haqida ogohlantirdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 4-oktabr kuni harorat 30 darajagacha ko‘tariladi
Mahalliy
Toshkentda IIB xodimi o‘ldirilib, jasadi Chirchiq daryosiga tashlab yuborildi