Bugun, 24-mart kuni futbol bo‘yicha JCh—2018 va Osiyo Kubogi—2019 qo‘shma saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Filippinni qabul qiladi.
O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmatining Twitter’dagi sahifasida O‘zbekiston terma jamoasining Filippinga qarshi tarkibi e’lon qilindi.
Darvozabon: Aleksandr Lobanov.Himoyachilar: Vitaliy Denisov, Anzur Ismoilov, Yegor Krimets, Islom To‘xtaxo‘jayev.
Yarim himoyachilar: Javohir Sohibov, Odil Ahmedov, Server Jeparov, Eldor Shomurodov, Sardor Rashidov.
Hujumchi: Igor Sergeyev.
O‘yin Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida, soat 18:00 da boshlanadi.
Izoh (0)