AQShning Texas shtatida 22-mart, seshanba kuni sakkiz yil muqaddam munitsipal xizmat xodimini o‘ldirganlikda ayblangan mahbus qatl qilindi. Qatl hukmi jinoyatchiga maxsus kimyoviy modda emlash yo‘li bilan ijro etildi, deb xabar beradi “TASS”.
33 yoshli Adam Uord 2016-yilda Texasda qatl etilgan beshinchi, AQShda qatl etilgan to‘qqizinchi odam bo‘ldi.
2005-yilda Uord Kommers shahrida ivirsigan uylar sanatsiyasi bo‘yicha inspektor bo‘lib ishlab kelgan 46 yoshli Maykl Uolker bilan janjallashib qolgan. Inspektor Uordning uyiga kelib, orqa hovlida chiqindixona hosil bo‘lganini aniqlagan. Uolker, agarda uy egasi chiqindixonani yig‘ishtirib, hududni dezinfeksiya qilishga ruxsat bermasa, yordam chaqirishga majbur bo‘lishini aytgan. Shunda Uord uydan 45 kalibrdagi to‘pponchasini olib chiqib, davlat ishchisini otib tashlagan. Marhumning tanasiga to‘qqiz marta o‘q tekkan.
O‘lim jazosi AQShning 31 shtatida ruxsat etilgan.
Izoh (0)