Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekiston Professional futbol ligasi talabiga ko‘ra, 25—26-mart kunlariga belgilangan O‘zbekiston Kubogining nimchorak final bosqichi dastlabki bellashuvlarining barchasi tabiiy qoplamali maydonlarda o‘tkazilishi kerak. Bu haqda “Championat.asia” xabar bermoqda.

O‘zbekiston Kubogi. Foto: “Championat.asia”

O‘zbekiston Kubogi. Foto: “Championat.asia”

Nimchorak finalda qatnashayotgan klublardan faqat “O‘zDongJu”ning uy stadioni bu talabga javob bermaydi. Uydagi o‘yinlarni Andijonning Sho‘rbuloq dahasida joylashgan maktab-internatga qarashli sun’iy qoplamali maydonda o‘tkazadigan jamoa 25-martga qadar o‘zi uchun tabiiy qoplamali maydon topishi kerak.

“O‘zDongJu” 1/16 final doirasida G‘uzorning “Sho‘rtan” klubini mag‘lub etib, Oliy Liga ishtirokchisini Kubokdan chiqarib yuborgan Birinchi Liganing yagona vakili bo‘lgandi. Klub nimchorak finalda Toshkentning “Lokomotiv” klubiga qarshi maydonga tushadi.

“Championat.asia”ning yozishicha, O‘zPFLning bu talabi tashkilotning musobaqalar o‘tkazish reglamentiga asoslanmagan. Reglamentda O‘zbekiston Kubogi uchun alohida bo‘lim ajratilgan bo‘lib, unda musobaqa doirasidagi o‘yinlar tabiiy qoplamali maydonlarda o‘tkazilishi shartligi haqida band yo‘q.

Xabar berishlaricha, O‘zPFL o‘tgan yili nimchorak final bosqichi oldidan ham shunday talab bilan chiqqan, natijada Birinchi Liganing uch klubi — “Obod”, “Oqtepa” va “Paxtakor-2” boshqa maydon izlashga majbur bo‘lgan edi.

O‘zPFL bu talabni 1/16 finaldan oldin emas, aynan nimchorak final oldidan qo‘yayotgani sababi ma’lum qilinmagan.

O‘zbekiston Kubogi—2016 Nimchorak final bosqichi

25-mart, juma“Paxtakor” (Toshkent) — “Buxoro” (Buxoro)“Navbahor” (Namangan) — “Qo‘qon-1912” (Qo‘qon)“Qizilqum” (Navoiy) — “Andijon” (Andijon)“Bunyodkor” (Toshkent) — “Obod” (Toshkent)“Metallurg” (Bekobod) — “Olmaliq” (Olmaliq)“Mash’al” (Muborak) — “So‘g‘diyona” (Jizzax)“O‘zDongJu” (Andijon) — “Lokomotiv” (Toshkent)

26-mart, shanba“Neftchi” (Farg‘ona) — “Nasaf” (Qarshi)

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...