Rossiyaning Dog‘iston Respublikasi Xasavyurt tumanidagi Mutsalaul qishlog‘ida noma’lum terrorchi o‘z bombasining portlashi oqibatida halok bo‘ldi. “Interfaks”ning mintaqa xavfsizlik kuchlariga asoslanib ma’lum qilishicha, terrorchining shaxsini aniqlash borasida ishlar olib borilmoqda.
Voqea 21-mart kechasi, mahalliy vaqt bilan 22:00 da sodir bo‘ldi. Mutsalaul aholisi kuchli portlash eshitilgani haqida xabar berganidan so‘ng voqea joyiga yetib kelgan politsiya naryadi 3x4 metr o‘lchamdagi blindajning portlab ketganini aniqladi. Dala istehkomining qulagan devorlari ostidan erkak kishining tanasi chiqarib olindi.
Politsiya vakillarining fikricha, erkak o‘z bombasining tasodifan portlab ketishi oqibatida halok bo‘lgan.
Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)