AQShning g‘arbiy shtatlarida dastlabki saylovlar (praymeriz) uchun ovoz berish boshlandi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Birinchi bo‘lib Arizona shtatidagi saylov uchastkalari, keyinroq Yuta va Aydaxo shtatlaridagi saylov uchastkalari ochilgan.
Saylovchilar ushbu shtatlarning delegatlari AQSh prezidentligi lavozimi uchun saylovlardagi rasmiy nomzodlar ma’lum qilinuvchi Demokratlar va Respublikachilar partiyalarining milliy syezdlarida kim uchun ovoz berishini hal qilishi lozim bo‘ladi.
Merrill Poll tadqiqot xizmati tomonidan Arizona shtatida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, demokrat saylovchilarning 50 foizi Klintonni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Sandersning ushbu ko‘rsatkichi esa 24 foizni tashkil etmoqda. Yuta shtatida esa 52 foiz ko‘rsatkich bilan Sanders yetakchilik qilmoqda.
Izoh (0)