Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Sevilya”ga qarshi Ispaniya chempionati 30-turida 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalana olmadi. O‘yinning 58-daqiqasida portugaliyalik hujumchining penaltidan yo‘llagan zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi, deb xabar beradi “Chempionat”.
31 yoshli futbolchi joriy mavsumda Ispaniya chempionati doirasida uchinchi bor penaltidan gol kirita olmadi va o‘zining shaxsiy antirekordini qayd etdi.
Ma’lumot o‘rnida, “Real” va “Sevilya” o‘rtasida kechgan o‘yinda madridliklar 4:0 hisobida zafar quchdi. Gollarga Karim Benzema (6-daqiqa), Krishtianu Ronaldu (64), Garet Beyl (66) va Xese (86) mualliflik qildi.
Izoh (0)