Xitoy poytaxti ma’muriyati atrof-muhitni ifloslantirish bilan bog‘liq faktlardan xabar bergan fuqarolarga 50 ming yuangacha (7,7 ming dollar) mukofot to‘lashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Sinxua” agentligiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Shahar atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining ma’lum qilishicha, ushbu chora aprel oyidan amalga kiritiladi. 17 turdagi qoidabuzarlik nazarda tutilgan bo‘lib, ulardan qaysi biri haqida xabar berilganiga qarab mukofot puli miqdori 2–50 ming yuanni tashkil qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 18-mart kuni Mark Sukerbergning Pekinda tushgan surati ijtimoiy tarmoqlarda Xitoy poytaxtining ekologik muammolari bilan bog‘liq munozaralarni keltirib chiqardi.
Izoh (0)