“Barselona” jamoasi hujumchisi Neymar Braziliya terma jamoasi safida futbol bo‘yicha Amerika Kubogida ham, Olimpiada o‘yinlarida ham ishtirok etishni xohlayotganini aytib o‘tdi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
“Yozda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari hamda Amerika Kubogida ishtirok etishni xohlayman. Men 24 yoshdaman va kuchim yetarli. Futboldan yil bo‘yi lazzatlanmoqchiman”, – deydi braziliyalik futbolchi.
Avvalroq, Braziliyaning milliy va olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlos Dunga “Barselona” hujumchisi Neymarning har ikkala turnirda mamlakat termasi safida ishtirok etishini xohlayotgani, biroq “Barselona” rahbariyati bunga qarshilik qilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)