17-mart kuni Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasida mahalliy turistik agentliklar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Tadbirda Buyuk Britaniyaning Muvaqqat ishlar vakili Fiona Makston 17 kompaniyaning 21 vakilini iliq so‘zlar bilan qarshiladi. Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad Buyuk Britaniyaning turistik salohiyatini ko‘rsatish, shuningdek, O‘zbekiston va Buyuk Britaniya turistik agentliklari o‘rtasidagi hamkorlikni muhokama qilish ekanligi ta’kidlandi.
Tadbir doirasida Buyuk Britaniyaning milliy turistik agentligi — VisitBritain’ning Moskvadagi menejeri Tatyana Xoreshok bilan video-telekonferensiya tashkil etildi.
VisitBritain vakili Britaniyaning madaniyati va tarixiy merosi haqida atroflicha ma’lumot berdi, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, shuningdek, milliy agentlik bu yo‘nalishda ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yordam haqida gapirdi.
Izoh (0)