Shu kunlarda Sony kompaniyasining Xperia Z5 Compact fableti Toshkent bozorlarida sotuvga chiqarildi. Shu munosabat bilan “Mobinfo.uz” sayti o‘quvchilarni smartfonning texnik tavsifi bilan tanishtirib o‘tdi.
Smartfon 720p (323 ppi) yechimli IPS-ekran, 8 yadroli, 2 GGs chastotali Snapdragon 810 protsessori, 2 Gb operativ hamda 32 Gb ichki xotira, MicroSD-karta sloti bilan ta’minlangan. Yangi gadjetning tez quvvat olish texnologiyasiga ega akkumulyatori hajmi 2700 mA/soatni tashkil qiladi. Telefon Android 5.1.1 operatsion tizimida ishlaydi.
Smartfonning yoqish tugmasi barmoq izlari skaneri bilan jihozlangan. Telefon LTE standarti bo‘yicha ma’lumot uzatishni qo‘llab-quvvatlaydi. Sony Xperia Z5 Compact kamerasi — tezkor fokuslanadigan 23 megapikselli Exmor RS 1/2.3”.
Sony Xperia Z5 Compact chang va namlikdan himoyalangan.
Toshkent bozorida smartfon narxi 2,9 million so‘mni tashkil etishi aytilmoqda. Qiyos uchun, undan oldingi model — Sony Xperia Z5 3,9 million so‘mga sotilmoqda.
Ro‘yxatda keltirilgan qurilmalarni ko‘rsatilgan narxlarda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilmalar va ularning narxlari haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.
Izoh (0)