Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 14-mart, dushanba kuni mamlakatdagi favqulodda iqtisodiy holatni 60 kunga uzaytirish haqidagi farmoyishni imzoladi. Bu haqda “RBK” xabar beradi.
Kuni kecha Venesuela Milliy assambleyasining raisi Enri Ramost Allup parlament ushbu farmoyishni muhokama qilishini ma’lum qildi.
Venesuela konstitutsiyasiga muvofiq, assambleyada tegishli qaror qabul qilish uchun sakkiz kunlik muhlat mavjud.
Favqulodda holatni uzaytirish zaruratini Maduro “Venesuelani iqtisodiy urushdan himoya qilish” bilan izohladi.
Izoh (0)