O‘zbekiston tarixi muzeyi Xitoydan noyob eksponat — Qadimgi Xitoy imperatori Sin Shixuandi maqbarasidagi mashhur terrakotali armiyaga mansub askar haykalini sovg‘a sifatida qabul qilib oldi. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasiga asoslanib, Uz24 xabar bermoqda.
Jangchi haykali ekspozitsiyaning Buyuk Ipak Yo‘liga bag‘ishlangan bo‘limida joylashtirildi. Uning bo‘yi 187 santimetrni, yelka kengligi 49 santimetrni tashkil qiladi.
Imperator Sin Shixuandi terrakotali armiyasi butun dunyoga mashhur noyob yodgorlikdir. U miloddan avvalgi III asrda yaratilgan 8 099 jangchi haykalidan iborat. Bu armiya imperator maqbarasini qo‘riqlovchi ramziy qo‘shinni gavdalantiradi. Har bir haykal o‘ziga xos yuz tuzilishi, bo‘yi, libosi bilan ajralib turadi. Ular real askar va zobitlarning qiyofalari asosida yaratilgan.
Izoh (0)