Futbolchilarning o‘zaro futbolka almashishi odatiy hol, ammo Chempionlar Ligasi nimchorak finalining tanaffus vaqtida emas, deb yozadi “Sports.ru” blogeri Arkhem Knight.
10-martga o‘tar kechasi “Chelsi” jamoasi YeChL 1/8 final javob o‘yinida Londonda “PSJ” futbolchilari bilan bahs olib bordi. Dastlabki bo‘lim yakuniga yetgach, “Chelsi” xavbeki Eden Azar va “PSJ” yarim himoyachisi Anxel Di Mariya o‘zaro futbolka almashdi. Bu holat London jamoasi muxlislariga yoqmadi va ular Azarga hushtakbozlik qildi.
O‘yindan so‘ng “Chelsi” bosh murabbiyi Gus Xiddink bo‘lib o‘tgan voqeaga o‘z munosabatini bildirdi.
“Azar Di Mariya bilan tanaffus vaqtida futbolka almashmasligi kerak edi. Muxlislar unga hushtakbozlik qildi? Buning uchun ularning yetarlicha haqqi bor”, – deydi gollandiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” – “PSJ” o‘rtasida o‘tkazilgan YeChLning nimchorak final javob o‘yinida parijliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning chorak finaliga chiqdi.
Izoh (0)