Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida dzyudo bo‘yicha bo‘lib o‘tgan xalqaro Gran-pri musobaqasida o‘zbekistonlik O‘tkir Nig‘matov -66 kilogramm vazn toifasida barcha raqiblaridan ustun kelib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
E’tiborli jihati shundaki, O‘tkir Nig‘matov final bellashuvida London–2012 Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi, 2014-yilgi jahon chempioni, ukrainalik David Xoravani mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari, ushbu musobaqada yana ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi sovrindorlar safidan joy oldi.
Jumladan, 2014-yilgi Paraosiyo o‘yinlari g‘olibi Sevinch Salayeva (-52 kg) finalga qadar kechgan bellashuvlarni mag‘lubiyatsiz o‘tkazib, kumush medal sohibasi bo‘ldi. Shirin Sharipov +100 kilogramm vazn toifasida bronza medali sovrindoriga aylandi.
Izoh (0)