Moskvaning Domodedovo aeroportidan Blagoveshchenskka uchayotgan samolyotda erkak kishi vafot etdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Mahalliy vaqt bo‘yicha 07:50 (Toshkent vaqti bo‘yicha 03:50) da samolyot ekipaji uning bortida erkak kishining vafot etganligini ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, parvoz davomida u o‘zini yomon his etayotganligidan shikoyat qilgan va unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Hodisa joyida Rossiya IIVning transportdagi tezkor-qidiruv guruhi ish olib bormoqda. Ular yo‘lovchi o‘limi bilan bog‘liq vaziyatni aniqlashi lozim. U haqdagi shaxsiy ma’lumotlar ma’lum qilinmadi.
Izoh (0)