Rossiya TIV AQSh va Janubiy Koreya tomonidan boshlangan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarning “misli ko‘rilmagan miqyosda” ekanligini ta’kidlab, rasmiy Moskva KXDRga bu tariqa o‘tkazilayotgan bosimga salbiy munosabatda ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
“Shu yilning 7-mart kuni boshlangan AQSh-Janubiy Koreya harbiy o‘quvlari, rasman rejali bo‘lsa ham, haqiqatda o‘z miqyosiga ko‘ra mislsiz xarakterdadir”, — deyiladi dushanba kuni tarqatilgan bayonotda.
Shu bilan birga, Rossiya tashqi diplomatik idorasi mutasaddilarining fikricha, Shimoliy Koreyaning ogohlantiruvchi zarbalar bilan bog‘liq tahdidini ham qonuniy asosga ega deb bo‘lmaydi.
Izoh (0)