Nigeriyada sodir bo‘lgan ikki yo‘l-transport hodisasida 21 kishi halok bo‘ldi. “TASS” agentligining ma’lum qilishicha, ular orasida davlat mehnat vaziri Jeyms Ocholi hamda uning rafiqasi va farzandi bor.
Fojia mamlakat shimolida ro‘y berdi. Avtobusning yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida 18 kishi nobud bo‘ldi. Abujaga ketish yo‘lida sodir bo‘lgan boshqa avariyada siyosatchi va uning oila a’zolari qurbon bo‘ldi.
France-Presse agentligining ma’lumotiga qaraganda, ikki halokat o‘tgan yakshanba, 6-mart kuni bo‘lgan.
Jeyms Ocholi xalq orasida katta hurmatga ega davlat arbobi bo‘lib, yuridik faoliyati uchun “Nigeriyaning katta advokati” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan edi.
Izoh (0)