AQSh prezidentligi uchun kurash olib borayotganlar qatorida o‘zining shov-shuvli ham mojaroli bayonotlari va ba’zan ahmoqonadek ko‘rinadigan harakatlari bilan tanilgan milliarder Donald Tramp ham bor.
“Uni, biroz ikkilanib bo‘lsa-da, Rossiyadagi Jirinovskiy bilan qiyoslash mumkin. Lekin saylovchilarga uning bayonotlari va harakatlari yoqyapti — bir necha oy avval uni hech kim hisobga olmayotgan edi, endi esa: ‘Tramp prezident bo‘lib qolsa-ya?’, deb hamma xavotirda”, — deb yozadi rossiyalik bloger Ilya Varlamov.
Trampning yana bir e’tiborga molik tomoni — u o‘ziga tegishli hamma narsa eng qimmat va eng hashamatli bo‘lishini istaydi. Masalan, mana shu xabardagi birinchi fotosuratda u oilasi bilan birga aks etgan va bu surat biror bir saroy yoki muzeyda emas, Trampning “oddiygina” xonadonida olingan.
Mazkur “xonadoncha”da Tramp turmush o‘rtog‘i Melanya va o‘g‘li Berron bilan birga istiqomat qiladi. Nyu-Yorkdagi Trump Tower’ning yuqori uch qavatida joylashgan pentxaus interyerini 1983-yili dizayner Anjelo Dongiya ishlab chiqqan.
Butun inshootga marmar va 24 qirotli oltin bilan zeb berilgan. Dongiyaning fikricha, “Lyudovik XIV ruhida”gi interyer aynan shunday bo‘lishi kerak.
Pentxaus pollari, devorlari va ustunlari marmardan ishlangan. Yuqorida billur qandil, orqa fonda esa oq marmardan ishlangan kichik favvora. Shiftga yunon mifologiyasiga oid sahnalardan suratlar tushirilgan.
Ganchlar, lampalar, vazalar, patnislar va idishlar oltindan tayyorlangan.
Eros va Psixeyaning bronza haykali oldidagi stolchada narxi 15 ming dollarlik, bokschi Muhammad Aliga bag‘ishlangan kitob turibdi.
Fotosuratlar uchun shunchaki stolcha.
Jurnallar uchun mo‘ljallangan stolcha.
Yunon mifologiyasi uslubidagi bolakaylarning tillarang haykali.
Melanya Trampning ofisi. Devorda Renaurning “Loja” surati (qanchalik hayratlanarli bo‘lmasin, bu o‘sha asarning bor-yo‘g‘i nusxasi ekan!), divanda esa qimmatbaho taqinchoqlar bilan to‘la “Lui Vitton” qutisi.
“Lui Vitton”ga yaqinlashamiz.
Hammayoqda oltin, har narsa oltin.
Bu pentxaus 100 million dollarga baholangan. “Donald Tramp Oq uyga ko‘chib o‘tishga umid qilmoqda, biroq u o‘zining Nyu-Yorkdagi pentxausiga ‘Alvido!’, deyishga ancha qiynalsa kerak”, — deb yozadi The Daily Mail. To‘g‘ri, bu uyning kirish eshigiga ham oltin va olmos bilan zeb berilganidan keyin, xayrlashish oson bo‘lmaydi, albatta.
Ha-ya, The Daily Mail Trampning xonadoni bilan tanishtiruvchi qiziqarli gid tayyorlagan.
Tramplar oilasida apelsin sharbati gardishiga oltin suvi yuritilgan qadahlarda tortiladi.
Telefon esa, kutilmaganda, juda oddiy va unga oltin bilan zeb berilmagan.
“Lyudovik XIV ruhida”gi stolda rangli qalamlar...
“Amerikalik oddiy milliarder mana shunday yashaydi. Aytmoqchi, bu hali Nyu-Yorkdagi eng qimmat kvartira emas”, — deb xulosa qiladi bloger.
Izoh (0)