6-martga o‘tar kechasi superog‘ir vazn toifasida Jahon boks assotsiatsiyasining (WBA) muntazam chempioni hisoblangan o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev avstraliyalik Lukas Braunga qarshi kechgan 12 raundlik jangning 10-raundida texnik nokautga uchrab, chempionlik kamarini boy berdi. Ammo ikki bokschining jamoalari revansh jangini tashkil qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deb xabar beradi “TASS”.
Aytilishicha, bokschilarning vakillari ayni paytda WBA bilan ham muzokara olib bormoqda. Revansh jangi shu yilning avgustida o‘tkazilishi mumkin.
Ilgariroq Chagayevning jamoasi ushbu jang natijasiga apellyatsiya berishi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)