“Chelsi” klubi sobiq shifokori Yeva Karneyro jamoaning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyo undan kechirim so‘rashini hamon talab qilyapti, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Joriy yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan sud jarayonida har ikki tomon o‘zaro kelishuvga erisha olmagan edi. Karneyroning “Chelsi”dan ketishiga Joze Mourinyo tomonidan qilingan tanqid sabab bo‘lgandi.
APLning 2015/16-yilgi mavsumi 1-turidagi “Suonsi”ga qarshi bahsda (2:2) shifokorlar jarohat olgan Eden Azarga yordam berish uchun maydonga chiqqandi. Ammo Mourinyoning fikricha, futbolchining jarohati jiddiy emasdi va shifokorlar, shu jumladan Karneyro ham bu ishi orqali “Chelsi”ga g‘alaba qozonishga xalaqit bergan.
Bo‘lib o‘tgan mojarodan keyin ayolni avvaliga ishdan chetlatishdi, keyinroq esa butkul bo‘shatishdi.
Izoh (0)