Donbassdan Sevastopol shahriga ko‘chib o‘tgan Alina Zikova ismli maktab o‘quvchisi Rossiya prezidenti Vladimir Putindan chixuaxua zotli kuchukchani sovg‘a sifatida qabul qilib oldi. Bu haqda, Sevastopol ma’muriyati matbuot xizmatiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
11 yoshli qizchaga sovg‘ani 4-mart kuni mintaqa gubernatori o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Yevgeniy Dubovik topshirdi. Uning aytishicha, Sevastopol ma’muriyatiga prezident nomidan qizchaga kuchukcha tortiq qilish borasidagi ko‘rsatma kelgan va o‘z vaqtida ijro etilgan.
Zikovaning hikoya qilishicha, u ko‘pdan buyon kuchuk boqishni istagan, lekin ota-onasi bunga ruxsat bermagan. Shu bois qiz internetda prezidentning manzilini topib, unga o‘z orzusi aks etgan maktubni yuborgan.
Qizaloqning onasi oila Sevastopolga ikki yil muqaddam ko‘chib o‘tganini va hozircha Rossiya fuqaroligiga ega emasligini aytib o‘tdi.
Izoh (0)