Reddit foydalanuvchilari Chexoslovakiyaning “Men Eynshteynni o‘ldirdim, janoblar” nomli filmidagi bir qahramon zamonaviy selfi-tayoqdan deyarli farq qilmaydigan gadjetdan foydalanganini aniqladi, deya xabar bermoqda TJournal.
Mazkur gadjet yordamida ayol yonidagi erkak bilan suratga tushadi va fotoni darhol chiqarib oladi.
Film voqealari muqobil 1999-yilda sodir bo‘ladi. Og‘ir ekologik vaziyat tufayli ayollarning soqollari, erkaklarning esa ko‘kraklari o‘sa boshlaydi. Bu fojiaga Eynshteynning kashfiyotlari sabab qilib ko‘rsatiladi.
Vaziyatni tuzatish uchun bir guruh odamlar o‘tmishga qaytib, mashhur olimni o‘ldiradi. Lekin Eynshteynning o‘limi yanada ayanchli oqibatlarga olib keladi.
Ilgariroq ilk selfi tayoqchasi smartfonlar va umuman “selfi” atamasining o‘zi paydo bo‘lishidan ancha avval – 1983-yili Yaponiyada kashf etilib, sotuvga chiqarilgani ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)