Slovakiya sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda Zika virusi bilan kasallanishning ilk holati qayd etilganini tasdiqladi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Ta’kidlanishicha, virus Slovakiyaga Janubiy Amerikadan qaytib kelgan ayolda aniqlangan.
O‘tgan hafta yaqinda Janubiy Amerikadan qaytgan ayol tashxis qo‘yish qiyin bo‘lgan yuqumli kasallik alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilganligi haqida ma’lum bo‘lgan edi. U Zika virusi tarqalgan Janubiy Amerikada bo‘lganligi sababli shifoxonaga joylashtirilgan.
Izoh (0)