Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Apple “San-Bernardino mergani” telefonini buzib, undagi ma’lumotlarni olishda yordam berishdan bosh tortayotgani uchun mas’uliyat uning rahbari Tim Kuk zimmasida. Agar sud FQB foydasiga qaror chiqarsa, Apple bosh direktori panjara ortiga tushishi mumkin. Bu haqda “Hi-Tech Mail.Ru” xabar bermoqda.

Foto: “Hi-Tech Mail.Ru”

Foto: “Hi-Tech Mail.Ru”

Ustiga-ustak, Kukni terrorchilarga sheriklikda ayblashlari ham mumkin. Apple’ning istalgan qurilmasini buzishga imkon beruvchi dastur yaratilishini yoqlamayotgan korporatsiyaning boshqa yuqori martabali menejerlari ham sud oldida javob berishiga to‘g‘ri keladi.

Sud qarori Apple foydasiga chiqarilmasa, Kuk bunga bo‘ysunishi yoki qamoqqa yo‘l olishiga to‘g‘ri keladi. Biroq kompaniya rahbari AQSh prezidenti Barak Obamaga yaqin inson hisoblanadi, shu bois uning hibsga olinishi ehtimoli past ekanligi ta’kidlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Bruklin federal sudi metamfetamin sotuvchisi Jun Feng ishi bo‘yicha AQSh hukumati Apple korporatsiyasini iPhone himoyasini buzishda yordam berishga majburlashi mumkin emasligi to‘g‘risida hukm chiqardi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Roli sabab tomoshabinlar tanqidi va g‘azabiga uchragan mashhur aktyor va aktrisalar (foto)
Mahalliy
O‘zbekistonda 25-noyabr kuni 124 kishida koronavirus aniqlandi
Dunyo
Putinning askarlar onalari bilan uchrashuvi feykmi? Ushbu uchrashuvda aslida kimlar qatnashgani ma’lum bo‘ldi