Somali poytaxti Mogadishodagi prezident saroyi minomyotdan o‘qqa tutildi. Hujum oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Bloomberg agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
“Taxminlarga ko‘ra, ‘Ash-Shabob’ terrorchilik guruhining jangarilari minomyotdan saroyga qarata kamida oltita o‘q uzgan”, — deydi politsiya vakili.
Reuters agentligining ma’lum qilishicha, hujum oqibatida kamida sakkiz kishi jarohat olgan. Saroy o‘qqa tutilgan paytda prezident Hasan Shayx Muhammadning qayerda bo‘lganligiga aniqlik kiritilmagan.
Izoh (0)