Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

23-fevraldan 24-fevralga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining dastlabki o‘yinlari doirasida ikkita o‘yin bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Sports.ru” xabar qilmoqda.

Foto: Twitter / @barcastuff

Foto: Twitter / @barcastuff

“Arsenal” maydoniga safar qilgan turnirning amaldagi g‘olibi “Barselona” Lionel Messining dubli evaziga ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

“Bavariya” esa Turinda “Yuventus” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozona turib, yakunda 2:2 hisobidagi durang bilan cheklandi.

Ushbu juftliklar o‘rtasidagi javob o‘yinlari 16-mart kuni o‘tkaziladi.

YeChL. 1/8 final. Dastlabki o‘yinlar

Arsenal (Angliya) – Barselona (Ispaniya) 0:2 (0:0)

Gollar: 0:1 – 71 Messi, 0:2 – 83, penalti Messi.Arsenal – Chex, Belyerin, Mertesaker, Kosyelni, Monreal, Remzi, Koklen (Flamini, 82), Oksleyd-Chemberlen (Uolkott, 50), O‘zil, Sanches, Jiru (Uelbek, 72).Barselona – ter Stegen, Dani Alves, Pike, Maskerano, Alba, Rakitich, Buskets, Inyesta, Messi, Suares, Neymar.Ogohlantirishlar: Monreal (6), Pike (85).

Yuventus (Italiya) – Bavariya (Germaniya) 2:2 (0:1)

Gollar: 0:1 – 43 Myuller, 0:2 – 55 Robben, 1:2 – 63 Dibala, 2:2 – 76 Sturaro.Yuventus – Buffon, Lixtshtayner, Bonuchchi, Barzali, Evra, Kuadrado, Xedira (Sturaro, 69), Markizio (Ernanes, 46), Pogba, Dibala (Morata, 75), Manjukich.Bavariya – Noyer, Lam, Kimmix, Alaba, Bernat (Benatiya, 74), Vidal, Robben, Myuller, Alkantara, Duglas Kosta (Riberi, 84), Levandovski.Ogohlantirishlar: Duglas Kosta (20), Levandovski (70), Morata (79), Vidal (90).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qozog‘iston poytaxtida namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonda YPX xodimi radar o‘rnatilgan mashinasida taksichilik qilgani aytilmoqda (video)
Sport
Iskandarov — eng yaxshi futbolchi, Kapadze — eng yaxshi murabbiy. O‘zbek futbolida 2022-yilning eng yaxshilari aniqlangan marosimdan fotoreportaj