Pekin aholisi orasida milliarderlar soni ko‘pligi bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqib oldi. Bu haqda, Xitoyning Hurun jurnalida keltirilgan ma’lumotlarga tayanib, “Korrespondent.net” yozmoqda.
2015-yil yakunlariga ko‘ra, Pekinda 100 nafar milliarder istiqomat qilmoqda. Ilgari bu reytingda birinchi o‘rinda turgan Nyu-Yorkda esa milliarderlar soni 95 kishini tashkil qildi. Bir yil davomida Pekinda milliarderlar soni 32 nafarga, Nyu-Yorkda esa 4 nafarga oshdi.
Reytingning uchinchi pog‘onasini Moskva egalladi (66 milliarder). Kuchli beshlikka, shuningdek, Gongkong (64 milliarder) va Shanxay (50 milliarder) kirdi.
Hurun’da keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, 2015-yil oktabrda milliarderlarning umumiy soni bo‘yicha Xitoy AQShdan o‘zib ketdi. Xitoyda bu ko‘rsatkich 596 kishini (bir yillik o‘sish – 242 kishi), AQShda esa 537 kishini tashkil qildi.
Tayvan, Makao va Gongkongda yashaydiganlar ham qo‘shilsa, xitoylik milliarderlar soni 715 kishiga yetadi.
2015-yil oxiridagi materiallarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha milliarderlar soni 1347 kishini tashkil qilgan.
Izoh (0)