Pokiston harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyotlari mamlakat shimoli-g‘arbidagi Kurram agentligi (ma’muriy-hududiy bo‘linish) “qabilalar hududi”dagi jangarilar pozitsiyalariga raketa-bomba zarbalarini berdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Respublika armiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, zarbalar natijasida “Pokiston toliblar harakati” tarkibida faoliyat yuritgan 15 nafar terrorchi yo‘q qilingan.
Havodan zarba berish orqali Alavara Mandi, Kxar-Tangi va Mayzer aholi punktlari hududidagi jangarilarning qo‘mondonlik punktlari va yashirin boshpanalari yo‘q qilingan.
Izoh (0)