Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtati politsiyasi sidneylik 18 yoshli qizni terrorchilik harakatlari tayyorlashda gumon qilib, hibsga oldi. Bu haqda “TASS” agentligi axborot berdi.
Alo-Brijet Namoa shu yilning yanvar oyida terrorchilik harakatlarini tayyorlashda ayblangan Sameh Baydaning rafiqasidir. U Tonga qirolligida tug‘ilgan bo‘lib, Bayda bilan tanishganidan so‘ng islom dinini qabul qilgan.
G‘arb matbuoti bu juftlikni “musulmon Bonni va Klaydi” deb atay boshladi.
Shtat politsiyasi komissari o‘rinbosari Ketrin Byornning so‘zlariga qaraganda, qiz Bayda ishi bo‘yicha davom etayotgan tergov doirasida hibsga olingan. Politsiyachi yaqin orada yana bir qancha gumondor qo‘lga olinishi mumkinligini istisno qilmadi.
Izoh (0)