TravelAsk jahonning turli mamlakatlaridagi aqldan ozdiradigan chorrahalar ro‘yxatini tuzdi. Bu yo‘llarda o‘ziga eng ko‘p ishongan haydovchi ham dovdirab qolishi hech gap emas.
Angliya
“Sehrli sarguzasht” deb nomlangan chorraha beshta kichik aylanali kesishmadan iborat bo‘lib, ular oltinchi katta aylana atrofida joylashgan. Bu chorrahada avtomobillar kichik tezlikda harakatlanadi va aynan shu sababli ham yo‘l-transport hodisalarining oldi olinadi.Moskva
Rossiyadagi eng murakkab chorrahalardan biri sifatida Moskvaning Taganka maydonidagi kesishmani e’tirof etish mumkin. Bu yerda har birida olti yoki undan ham ko‘proq harakatlanish bo‘lagi bor bir necha yo‘l kesishadi.Shanxay
Nanpu ko‘prigini Shanxayning eng asosiy ko‘prigi deb atash mumkin. Uzunligi 8 ming metrga teng ko‘prikning aylanali yo‘l o‘tkazgichidan har kuni 120 ming avtomobil o‘tadi.Los-Anjeles
1993-yili Los-Anjelesda avtomobil yo‘llari, metro yo‘li va tranzit yo‘llarni o‘zida birlashtirgan ko‘p qavatli chorraha qurilgan edi. Mazkur inshootga federal sudya Garri Prejerson nomi berilgan, chunki uning qurilishi bo‘yicha sud ishiga aynan u rahbarlik qilgandi.Yaponiya
Yaponiya ham o‘zining ko‘p qavatli murakkab chorrahasiga ega va u “Xigasi Osaka halqasi” deb ataladi.Buyuk Britaniya
Buyuk Britaniyada Spagetti chorrahasi deb ataladigan haddan tashqari murakkab yo‘l kesishmasi mavjud. Bu yerda harakat uchun 18 yo‘nalish va olti qavat yo‘l bor. Bilimdon yo‘lboshlovchisiz bu yerda adashib qolish mumkin.Gibraltar
Avtomobil yo‘li bilan kesishuvchi jahondagi yagona uchish-qo‘nish yo‘lagi Gibraltarda joylashgan. Gibraltarning North Front aeroporti uchun alohida uchish-qo‘nish yo‘lagi uchun yetarli darajada maydon topilmagani sabab, serqatnov Uinston Cherchill shoh ko‘chasi bilan kesishuvchi yo‘lakni qurishga qaror qilingan.
Izoh (0)