Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning Michigan shtatida 6 kishini otib o‘ldirgan va ikki kishini yaralagan erkak 22-fevral, dushanba kuni sud oldida javob beradi. Unga turkum qotilliklarga qo‘l urganligi bo‘yicha rasmiy ayblov e’lon qilinishi kutilmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Foto: “Vesti”

Foto: “Vesti”

45 yoshli Jeyson Dalton shtat janubidagi Kalamazu okrugida o‘t ochganidan bir necha soat o‘tib, politsiyachi uni qidiruvga berilgan mashinasida mahalliy bar avtoturargohidan jilayotganida payqab qolganidan so‘ng qo‘lga olindi. Hibsga olish chog‘ida erkak qarshilik ko‘rsatmadi, avtomobilida esa qotilliklar sodir etilgani taxmin qilinayotgan yarim avtomat pistolet topilgan.

Hozirda politsiya Daltonni so‘roq qilmoqda. U o‘zi amalga oshirgan jinoyatlarga undagan sabablarni oshkor qilishdan bosh tortmoqda. Huquq-tartibot idoralari qurbonlar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagani va nishon tariqasidagina tanlanganini bildirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikalik milliarderning terrorchiga aylangan nabirasi, Atlantikada to‘qnashib ketgan ikki suv osti kemasi va AQSHning birinchi prezidentiga aylangan Vashington.
Dunyo
Fransiyada poyezdda ketayotgan yigit o‘zini portlatib yuborish bilan tahdid qildi
Sport
“Barselona” MLS vakilini ro‘yxatdan o‘tkazishda 18 soniya kech qolgan