Moldova BMT bosh kotibi lavozimiga Moldova TIV va Yevropa integratsiyasining sobiq rahbari Natalya German nomzodini ilgari surdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Mamlakat hukumati tomonidan yuborilgan tegishli mazmundagi maktub Butunjahon tashkiloti Bosh Assambleyasining raisi Mogens Lyukketoftning rasmiy saytida chop etilgan.
“Natalya German buyuk diplomat hisoblanib, uning yetakchilik qobiliyati va xizmatlari o‘z mamlakati va chet davlatlarda tan olingan”, — deyiladi bosh vazir Pavel Filip imzolagan xatda.
Natalya German BMT bosh kotibligi lavozimiga nomzodlar ro‘yxatida oltinchi bo‘ldi. Bugungi kunda uning raqiblari YuNESKO bosh direktori Irina Bokova, Xorvatiya TIV rahbari Vesna Pusich, Chernogoriya TIV rahbari Igor Lukshich, Makedoniya Respublikasi TIVning sobiq rahbari Srjan Kerim va Sloveniya sobiq prezidenti Danilo Tyurkdir.
Izoh (0)