XXR sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi chet el kompaniyalariga internetning Xitoy segmentida onlayn-kontent chiqarishni taqiqlaydigan huquqiy-me’yoriy hujjat loyihasini tayyorladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Chet el kompaniyalari Xitoy internetiga videolavhalar, audioyozuvlar, videoo‘yinlar joylashtirishi taqiqlanishi mumkin. O‘z navbatida, Xitoy kompaniyalari ham bunday materiallar chiqarish uchun litsenziyaga ega bo‘lishi lozim. Qonunchilik buzilgan taqdirda saytga ogohlantirish va noqonuniy materialni olib tashlash talabi ifodalangan xat yo‘llanadi.
Yangi qonunchilik tashabbusi qachon tasdiqlanib, amalga kirishi hozircha noma’lum.
Izoh (0)