Ukraina va NATO o‘rtasida maxsus operatsiyalar sohasida hamkorlik qilish rejasi aks ettirilgan xat imzolandi. Bu haqda Ukraina bosh shtabi rahbari Viktor Mujenko Facebook ijtimoiy tarmog‘ida bergan ma’lumotlarga asosan “Yevropeyskaya Pravda” xabar qilmoqda.
NATOning Maxsus operatsiya kuchlari qo‘mondoni, general-leytenant Marshal Vebb boshchiligidagi NATO delegatsiyasi bilan uyushtirilgan rasmiy uchrashuv davomida imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Mehmonlarimizning tashrif buyurishidan asosiy maqsad ― Ukraina Maxsus operatsiya kuchlarining shakllanishi jarayoni bilan tanishish va kuchlarni shakllantirish va rivojlantirishda yordam berish”, ― dedi Mujenko.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko o‘z farmoyishi bilan 2016-yilda Ukraina—NATO hamkorligi bo‘yicha Yillik milliy dasturni tasdiqlagan edi.
Izoh (0)