Qirg‘izistonlik harbiy xizmatchi o‘quv mashg‘ulotlari chog‘ida boshidan o‘q yeb, olamdan o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 18-fevral kuni Baliqchi shahri shifoxonasiga birvarakayiga ikki harbiy xizmatchi yotqizilgan: 1995-yili tug‘ilgan I. B. son qismidan, 1997-yilda tug‘ilgan yana bir askar esa boshidan yaralangan. Boshiga o‘q tekkan yigit hushiga kelmay, 19-fevral kuni ertalab olamdan o‘tgan.
Ma’lum bo‘lishicha, u do‘sti bilan selfi tushmoqchi bo‘lgan. Ular tank oldida turib olishgan. Yigitlardan biri qo‘liga avtomatik qurol olib, ikkinchisining peshonasiga o‘qtalgan, selfi tushish chog‘ida quroldan o‘q uzib yuborilgan. Buning oqibatida 18 yoshli harbiy xizmatchi halok bo‘ldi.
Qirg‘iziston qurolli kuchlari bosh shtabi vakillari voqea yuzasidan Baliqchi garnizoni harbiy prokuraturasi ichki tekshiruvlarni boshlab yuborganini ma’lum qildi.
Izoh (0)