“Yevrovideniye” musiqiy tanlovining tashkilotchilari ovoz berish qoidalariga jiddiy o‘zgartirishlar kiritdi. Tanlov saytida ma’lum qilinishicha, bu oxirgi 40 yil ichidagi eng ahamiyatli yangilikdir.
Agar avvalgi yillarda tomoshabinlarning ovoz berish natijalari va jyuri baholari bitta natija sifatida taqdim etilsa (natijaning yarmini jyuri baholari, qolgan yarmini tomoshabinlarning ovozlari tashkil etgan), endi ular alohida-alohida e’lon qilinadi.
Yangi qoidalarga ko‘ra, final shousida dastlab jyurilarning bahosi, undan keyin tomoshabinlarning SMS orqali ovoz berish natijalari eng oxirgi o‘rindan boshlab e’lon qilinadi. Tanlov g‘olibi shouning eng oxirida aniq bo‘ladi.
Izoh (0)